Qirg’iziston Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganligining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim tashkil etildi.
«Qoovee» kompaniyasi prezidenti Turat Bulembaev va «Qoovee» kompaniyasining O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Umid Abdusattorov mamlakatlar o’rtasidagi muhim ahamiyatga ega voqeaga va yuksak darajadagi ushbu tadbirga taklif etildi.
Qoovee O’zbekiston rahbari U. Abdusattorov (chapda) va Qirg’iziston Respublikasining
O’zbekistondagi elchisi D.B. Sidiqov (o’ngda)
Qirg’iziston elchixonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda O’zbekiston hukumati vakillari, davlat va xususiy tuzilmalar rahbarlari, shuningdek O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpuslar vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, o’tgan yil davomida ikki qo’shni davlat o’rtasida mustahkam va chinakam do’stona munosabatlar o’rnatildi, savdo aylanmasi va ishbilarmonlik aloqalari sezilarli darajada oshdi. Qoovee.com sayti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan bu fakt Qirg’izistonning O’zbekistondagi elchisi tomonidan shaxsan qayd etildi.
Ushbu tadbirdan oz fursat oldin Qoovee va NAPA Аssotsiatsiyasi O’zbekiston biznes vakillarini birlashtirgan edi va tadbirkorlarga yangi yo’nalishlar va yangi xizmatlarni taklif qilgan edi.