2018 yilning 13 fevral kuni Toshkentda ishlab chiqarish, ulgurji savdo va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning rahbarlari va yuqori malakali menejerlari uchun «O’zbekiston eksporti. Biznes uchrashuvi» deb nomlangan konferensiya bo’lib o’tdi.
Tadbir NAPA Аssotsiatsiyasi va Qoovee Uzbekistan tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda O’zbekistonning 100 dan ortiq yirik kompaniyalari rahbarlari va menejerlari ishtirok etdi.
Tadbirni NAPA Assotsiatsiyasi asoschisi va «Qoovee Uzbekistan» vakolatxonasi rahbari Umid Abdusattorov ochib berdi, u biznesni avtomatlashtirish imkoniyatlarini taqdim etdi. Shuningdek, O’zbekistondagi axborot texnologiyalari rivojlanishi va biznesni samarali rivojlanish uchun zamonaviy yechimlar yordamida vaqtni tejash imkoniyatini namoyish etdi.
Umid Abdusattorov
Shundan so’ng Qoovee biznes platformasining asoschisi Turat Bulembayev so’zga chiqdi.
Turat Bulembayev
U o’z chiqishida Qoovee platformasining afzalliklari haqida quyidagilarni gapirib berdi:
Qoovee Tender – savdo-sotiq uchun onlayn-platforma
Qoovee Market – onlayn ulgurji va biznes-xizmatlar platformasi
Qoovee Logistics – yuklarni tashish va yetkazib berish xizmati
Qoovee Business Club – xalqaro biznes klubi
Qoovee Intellect – nomoddiy aktivlar birjasi
Qoovee Services – biznes uchun xizmatlarni qidirish va buyurtma qilish uchun mo’ljallangan platforma.
O’zbekistonning yirik kompaniyalari menejerlari
Tadbir ishtirokchilari quyidagilarga ega bo’lishdi:
MDH va Osiyoning yetkazib beruvchilarining yagona ma’lumotlar bazasiga joylashish (onlayn ko’rgazma);
Kompaniyaning nomoddiy aktivlarini himoya qilish va monetizatsiyasi uchun bepul tahlil qilish imkoniyati;
Xalqaro biznes klubi a’zoligiga taklif;
va boshqa vositalar;
Networking
Shuningdek, beqiyos ijobiy his-tuyg’ular va taassurotlar olishdi. Kompaniya menejerlari va biznes vakillari tadbirni tashkil etishning yuqori saviyasi va uning dolzarbligini ta’kidlab o’tdilar.
Mehmonlar tadbir so’ngida o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar